“Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Butun jamoamiz va uning barcha ishqibozlarini ushbu qo`lga kiritilgan g`alaba bilan tabriklayman. Xolbuki bugun g`alaba osonlikcha qo`lga kiritilmadi. Biz “Buxoro”dan biroz boshqacharoq futbol kutgan edik. Har yili Buxoroga kelganda ancha qiyinchlikka duch kelamiz. Zero ushbu klub futbolchilari o`z maydonida borini berib harakat qilishadi. Qolaversa, ishqibozlar ham raqibni juda yaxshi qo`llab-quvvatlashadi. Bugun ham o`yin avvalida jamoamizda ancha bosim bo`ldi. Lekin quvonarlisi – yigitlar ushbu bosimni enggib o`ta olishdi va yakunda g`alaba qozondik, - dedi mutaxassis.