Baxtiyor Ashurmatov: Stadionimiz muxlislar bilan to`lib toshishini juda istaymiz

“Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:

- “Qo`qon-1912” bilan bo`lgan bahsdan so`ng yigitlarda kayfiyat yaxshi edi. Shu sabab bugungi o`yinga yaxshi hozirlik olib borgan edik. O`yinni bugun yomon boshlamadik. Lekin himoyadagi kutilmagan xato va gol yigitlarning shashtini biroz sindirdi. “Lokomotiv” esa o`zining kuchli jamoa ekanini yana bir bor ko`rsata oldi. Biz raqib darvozasi yaqinida xavfli vaziyat yaratishda qiynaldik. Boisi “Lokomotiv” mudofaada juda tartibli o`ynadi. 

Stadionimiz har o`yinda muxlislar bilan to`lib toshishini juda ham istayman. Lekin bir o`yinda g`alaba qozonib, keyingisida mag`lubbo`lyapmiz. Bunday vaziyatda ishqibozlarimizning stadionni to`ldirishi biroz qiyin. Lekin sekin-asta o`z o`yinimizni yaxshilab, muxlislarimizni g`alaba bilan xushnud etish niyatidamiz. “Lokomotiv”ni esa bugungi haqli g`alaba bilan tabriklayman, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb