Davron Fayziev: Biz raqibga munosib qarshilik ko`rsatishga urindik

“Paxtakor” – “Dinamo” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugun muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etildi. Biz bugun “Paxtakor” jamoasiga munosib qarshilik ko`rsatish uchun tashrif buyurgan edik. Lekin yakunda aynan ushbu klub g`alaba qozondi. Balki aksariyat vaziyatlarda tashabbus “Paxtakor” tarafida bo`lgandir, lekin butun o`yin davomida biz ham munosib o`ynashga intildik. Faqat bitta vaziyatda yo`l qo`yilgan e`tiborsizlik oqibatida dastlabki golni o`tkazib yubordik va shu yakunda mag`lubiyatga olib keldi. Bu endi yigitlardagi tajriba bilan bog`liq. Raqibni g`alaba bilan tabriklayman va ularga Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi o`yinda omad tilab qolaman, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb