Shota Arveladze: Ko`plab qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik

“Paxtakor” – “Dinamo” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Uchrashuv fikrimcha ancha tomoshabop ko`rinish oldi. O`yin davomida juda ko`plab xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Bir jihatdan murabbiy sifatida o`yinchilarning shuncha qulay imkoniyatni yuzaga keltirib, xatto ba`zan bo`sh darvozani ishg`ol eta olmaganliklarini ko`rish og`ir ham tuyuladi. Umuman olganda, bugun biz butun bahsning borishini nazorat qila oldik. Faqat o`sha yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur edi. Lekin raqib darvozasini o`sha vaziyatlarda ishg`ol eta olmaganimizga ularning himoyachilar ham sabab bo`ldi. Ular bugun yaxshi himoyalanishdi va bizga halal berishga urinishdi. Golni esa 79-daqiqaga kelibgina kirita oldik va bu o`ziga yarasha ramziy ma`noga ham ega, - deya ta`kidladi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb