“Andijon” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ildar Sakaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun katta shodiyona guvohi bo`ldik. 5-turgacha hali g`alaba qozonmagan edik. Qolaversa, bugun dastlabki uy uchrashuvimizni o`tkazdik. Stadionimiz juda ko`rkam holga keltirilgani bilan birgalikda o`yin davomida stadionda hukm surgan atmosfera bizni juda quvontirdi. Xatto mening ham futbolchilik davrimga qaytib, shunday atmosferada maydonga chiqgim kelib ketdi. Bugun butun Andijon xalqi bizni qo`llab-quvvatlab turdi. Shuningdek, yigitlar bugun qo`ldan kelgancha ishqibozlarimizni xushnud etish uchun harakat qilishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik izhor qilaman. Shuningdek, “Nasaf” jamoasiga ham ajoyib o`yin uchun tashakkur, - dedi mutaxassis.