“Andijon” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugungi uchrashuv keskin kurashlar ostida o`tdi. Mening jamoam “Andijon”dan aslo kuchsiz emas. To`g`ri, bugun mag`lub bo`ldik. Lekin kelgusi bahslarda albatta yutamiz. Bunga amin ekanimni ta`kidlay olaman. Bizning oldimizdagi eng asosiy vazifa – shu yosh o`yinchilarning tajriba to`plashlariga imkon berish. Bugungi bahsdagi mag`lubiyatimizga asosiy sabab – standart vaziyatlar bo`ldi. Himoyada e`tiborliroq o`ynashimiz lozim edi, - deya fikr bildirdi mutaxassis.