O`zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qur`a tashlandi

O`zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

2019 yilgi mavsumda O`zPFL Superliga uchun 14, A Pro-ligasi uchun 8 hamda B Pro-ligasi uchun jami 16 ta klubni ro`yxatdan o`tkazdi. O`zbekiston kubogida mazkur jamoalardan faqatgina “Bunyodkor-2” hamda “Andijon-2” jamoalari ishtirok etmaydi. Ular farm-klub maqomida bo`lgani sababli, faqatgina B Pro-liga uchrashuvlaridagina qatnasha oladi.

1/32 final uchrashuvlari taqvimda 30 aprel hamda 1 may kunlari o`tkazilishi avvaldan belgilab qo`yilgan. Jamoalarning aynan qaysi kuni o`yin o`tkazishi ertaga PFL rasmiy sayti orqali ma`lum qilinadi.

 

O`zbekiston kubogi 1/32 final

Turon – Rash Milk

Zarangari – Orol

Rubin – Ittifoq N / Ittifoq B

Yashnobod / Chig`atoy – G`ijduvon

Zirabuloq – Yangier

Lokomotiv-BFK – Zomin

 

19 aprel kuni O`zbekiston kubogi uchun saralash uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Sharqiy mintaqadan saralashda “Chig`atoy” hamda “Yashnobod” klublari o`zaro o`yin bilan ishtirok etadi. G`arbiy mintaqada esa Navoiy hamda Buxoroning “Ittifoq” jamoalari o`zaro kuch sinashadi. Mazkur uchrashuvlar ertaga soat 16:00da o`tkaziladi va uchrashuvlar g`oliblari 1/32 finalda to`p surish huquqini qo`lga kiritadi.

Qur`a jarayonida jami 12 ta klub olti juftlikka ajratildi. Bosqich g`oliblari 1/16 final chiptasini qo`lga kiritadi.

1/16 finaldan boshlab musobaqaga Superliganing 10 hamda A Pro-liganing 8 jamoasi qo`shiladi. 1/8 finaldan boshlab esa “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Navbahor” va AGMK jamoalari turnirdagi ishtirokini boshlaydi. 

Qayd etish joiz, 2019 yildan boshlab CocaCola homiyligida o`tadigan mazkur turnirda har bir bosqich faqatgina 1 ta uchrashuvdan iborat bo`ladi. G`olib asosiy va qo`shimcha daqiqalarda aniqlanmasa, penaltilar seriyasi yordamga keladi. Qur`a marosimlari Sport-TV orqali jonli namoyish etib boriladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb