
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti, O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun ishchi guruh bilan Andijonda bo`lib turgani haqida xabar bergan edik. Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad Andijonda futbolni, xususan, bolalar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish sanaladi. Tashrif davomida Umid Ahmadjonov Sho`rbuloq dahasida joylashgan viloyat bolalar-o`smirlar futbol akademiyasiga ham tashrif buyurdi.
MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov o`tgan yilning 2 fevral kuni Andijonga tashrif buyurib, viloyat sportining o`sha vaqtdagi holati bilan yaqindan tanishgan va zarur ko`rsatmalar bergan edi. Bu galgi tashrif chog`ida esa o`tgan vaqt davomida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqnidan tanishildi. Shuningdek, akademiya tarbiyalanuvchilari va murabbiylar bilan ham suhbatda bo`lib, akademiya rahbariyati oldiga kerakli vazifalarni belgilab berdi.
Ma`lumki, joriy yilda “Andijon” futbol klubi Andijon viloyati bolalar-o`smirlar futbol akademiyasi bilan o`zaro hamkorlik bo`yicha tuzgan shartnomasi asosida “Andijon-2” farm klubini tuzgan va mazkur jamoa B Pro-ligada ishtirok etmoqda. Ushbu klub asosini yaqin vaqt ichida to`laligicha bolalar-o`smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari tashkil etishi ko`zda tutilgan.