Namangandagi “Markaziy” o`yingohda namozgoh tashkil etiladi

Ko`plab muxlislarning iltimoslariga binoan, “Navbahor” klubi o`z uy uchrashuvlarini o`tkazadigan Namangan shahridagi “Markaziy” o`yingoh hududida Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati tomonidan namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida namozgoh tashkil etiladi. Endi “lochinlar” o`z maydonlarida o`yin o`tkazadigan kunlari uchrashuvlarning tanaffusi paytida muxlislar bemalol o`z ibodatlarini bajarishlari mumkin bo`ladi.

Mazkur namozgoh 700 nafar kishiga mo`ljallangan. 

“Navbahor” PFK rahbariyati O`FA va PFL talablaridan kelib chiqqan holda, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ko`plab ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Namozgoh tashkil etish ham shunday qulayliklardan biridir.

mib
uzcard
cola
apex
bmb