Ushbu haftada CocaCola Superligada 5-tur doirasidan o`rin olgan uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
5-tur doirasida “So`g`diyona” o`z maydonida “Metallurg”ga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuvda jizzaxliklar to`liq oq libosda maydonga chiqishadi. Bekobodlik futbolchilar esa to`liq ko`k liboslarda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “So`g`diyona” — “Metallurg” uchrashuvi 21 aprel, yakshanba kuni soat 19:20da Jizzaxdagi “So`g`diyona” stadionida o`tkaziladi.