Ushbu haftada Coca Cola Superligada 5-tur doirasidan o`rin olgan uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
5-tur doirasida AGMK o`z maydonida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar to`liq oq rangdagi formalarda maydonga chiqishadi. “Qaldirg`ochlar” esa ko`k-ko`k-ko`k sport formalarida harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, AGMK — “Bunyodkor” uchrashuvi 20 aprel, shanba kuni soat 17:15da Olmaliqdagi “OKMK” stadionida o`tkaziladi.