Ushbu haftada Coca Cola Superligada 5-tur doirasidan o`rin olgan uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
5-tur doirasida “Qizilqum” jamoasi o`z maydonida “Qo`qon-1912”ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda navoiyliklar to`liq qizil rangli liboslarda maydonga tushishadi. Qo`qonliklar esa to`liq oq rangdagi sport formalarida harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Qizilqum” — “Qo`qon-1912” bahsi 19 aprel, juma kuni soat 18:30da Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasida bo`lib o`tadi.