Ushbu haftada CocaCola Superligada 5-tur doirasidan o`rin olgan uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
5-tur doirasida 18 aprel, payshanba kuni “Buxoro” o`z maydonida “Lokomotiv”ga qarshi bahs yuritadi. Ushbu uchrashuvda buxoroliklar to`liq ko`k rangdagi liboslarda maydonga chiqishadi. “Temiryo`lchilar” esa oq futbolka, yashil shorti hamda oq getrilarda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Buxoro” — “Lokomotiv” bahsi 18 aprel, payshanba kuni soat 19:15da bo`lib o`tadi.