Joriy haftada CocaCola Superligada 5-tur doirasidan o`rin olgan uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
5-tur doirasida 18 aprel, payshanba kuni “Paxtakor” — “Dinamo” qarama-qarshiligi kuzatiladi. Mazkur bahsda “sherlar” o`zlarining an`anaviy sariq-ko`k libosida harakat qilishadi. Mehmonlar esa to`liq oq rangdagi sport formalarida maydonga chiqishadi.
Ta`kidlash joiz, “Paxtakor” — “Dinamo” uchrashuvi 18 aprel, payshanba kuni soat 18:15da “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi.