Yangi boshlangan haftada Coca Cola Superligada 5-tur doirasidan o`rin olgan uchrashuvlar bo`lib o`tadi.
18 aprel, payshanba kuni “Andijon” jamoasi o`z uyida Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o`yinda “burgutlar” jamoasi to`liq oq rangli formada maydonga chiqadi. “Ajdarlar” esa ko`k rangli sport liboslarida harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Andijon” — “Nasaf” uchrashuvi 18 aprel, payshanba kuni soat 17:00da Andijondagi “Sog`lom avlod” o`yingohida bo`lib o`tadi.