
O`FA Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Coca Cola Superliga 4-turidan o`rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilgani haqida xabar berib o`tgandik.
O`yindan so`ng Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi To`ra Bobolov, O`FA va Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan birgalikda viloyat bolalar-o`smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.
Bu erda yaratilgan shart-sharoitlar, akademiya binosi, yotoqxona, oshxona, mashg`ulot maydonlari, kiyim almashtirish xonalari ko`zdan kechirildi. Shuningdek, tashrif davomida akademiya binosini tez orada qayta ta`mirlash, tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, yangi maydonlar qurish masalalari muhokama qilindi va bu masalalar bo`yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.