Aziz To`xtaboev: Keyingi bahslarda g`alaba uchun maydonga tushamiz

“Qo`qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mezbonlar jamoasi katta murabbiyi Aziz To`xtaboev quyidagicha fikr bildirdi:  

-  Birinchi taymda o`yinimiz biroz qovushmadi. Yigitlarda o`zlariga bo`lgan ishonch etishmadi. Ikkinchi taymda yaxshi o`yin namoyish etdik. Biroq vaziyatlardan foydalanishda omad bizdan yuz o`girdi. Xudo xohlasa, keyingi bahslarda g`alaba uchun maydonga tushamiz.

Mag`lubiyatda birinchi navbatda murabbiylar aybdor bo`ladi. Agar yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha bo`lishi mumkin edi. Uchrashuv davomida yo`l qo`yilgan kamchiliklarni tahlil qilib, keyingi o`yinga boshqacha tayyorgarlik ko`ramiz. Muxlislarimizga sabr tilaymiz. Bu vaziyatdan tezroq chiqib ketishga harakat qilamiz. Barcha ishqibozlarimizga katta rahmat. Har doim bizni yaxshi qo`llab turishibdi. 

Mag`lubiyatda himoyachilar yoki darvozabonni ayblamagan bo`lardim. Maydonda 11 kishi o`ynaydi. Futbol jamoaviy o`yin. Natijada barcha birdek aybdor, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb