Baxtiyor Ashurmatov: Bugun faqat g`alaba qozonishimiz lozim edi

“Qo`qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirdi:   

-  Bugungi o`yin har ikki jamoa uchun ham muhim edi. Chunki bu jamoalar ushbu tur oldidan kam ochko jamg`arishgandi. Qo`qonliklar oldingi turda AGMKga yutqazib qo`yishdi. Biz ham o`z maydonimizda “Qizilqum”ni mag`lubiyatga uchrata olmagandik. O`yin oldidan yigitlarga bugun faqat g`alaba qozonishimiz lozimliginita`kidlagandim. Yuzimiz yorug` bo`ldi. Shogirdlarimning birinchi bo`limdagi o`yinlari ancha mazmunli bo`ldi. Ular o`z oldilariga qo`ygan vazifalarni yaxshi bajarishdi. Qo`qonliklar esa ikkinchi bo`limni juda chiroyli o`yin ko`rsatishdi. Yuzaga kelgan ko`plab vaziyatlardan foydalana olishmadi. Omad biz tomonda bo`ldi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb