Andrey Fyodorov: AGMK jamoasini yaxshi o`rgangan edik

“Lokomotiv” – AGMK uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Ushbu mavsum hisobidan ikkinchi marta AGMK jamoasiga qarshi o`yin o`tkazdik. Mazkur jamoani barcha o`yinlarini tomosha qilib, o`yinga yaxshi hozirlik ko`rgan edik. Faqat o`yin boshida kutilmaganda gol o`tkazib yubordik. Lekin yigitlar bundan ortiqcha asabiylashishmadi va xotirjam holda o`ynab, yakunda g`alabani o`z tomonimizga og`dira oldik. Yaqindagina Chempionlar Ligasi doirasida o`yin o`tkazganimiz sabab bugun ikkinchi bo`limda tashabbusni raqibga bergan holda harakat qildik. Lekin shunda ham uchrashuvni g`alaba bilan yakunlay oldik, - dedi mutaxassis.

mib
uzcard
cola
apex
bmb