“Lokomotiv” – AGMK uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Chempionga qarshi mehmonda to`p surish oson emas. Bugun o`yinni yaxshi boshlagan edik. Raqib darvozasiga gol ham urdik. Lekin “Lokomotiv” jamoasi mahoratli futbolchilari borligi va ancha vaqtdan beri bir xil tarkibda o`ynab kelayotganiga vaziyatdan chiqib ketti. Yana standart vaziyatdan gol o`tkazib yubordik. O`yinga tayyorgarlik ko`rish jarayonida bu jihat ustida ishlagan edik. Raqib safida jarimani yaxshi tepadigan futbolchilar borligini bilardik. Lekin baribir birinchi bo`lim so`nggida raqib gol urib ketdi. “Lokomotiv”ni g`alaba bilan tabriklayman. Qolaversa, Olmaliqdan tashrif buyurgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman, - dedi mutaxassis.