Andrey Miklyaev: Raqobatbardosh jamoa tuzishga bo`lgan harakatimizni davom ettiramiz

“Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Juda jangovar ruhdagi o`yin o`tkazdik. Uchrashuv shunday kechishini oldindan bilgan holda hozirlik olib borgan ham edik. Zero “Paxtakor” yurtimizning bayroqdor jamoasi. Qayd etilgan natijadan qoniqdim, deya olaman. Faqat o`yin davomida bir qator jihatlar ustida hali ishlashimiz lozim ekani ko`rindi. Ayniqsa, himoyadan tezkor hujumga o`tishda hali yana ishlashimiz zarur ekan. Lekin mudofaada ancha yaxshi harakat qila oldik. O`z darvozamizdan to`p o`tkazib yubormadik. Shunaqangi raqobatbardosh jamoa tuzishga bo`lgan harakatimizni davom ettiramiz, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb