Shota Arveladze: Muxlis to`la stadionda o`ynash hamisha yoqimli

“Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Qiyin uchrashuv bo`ldi. Birinchi galda muxlislarga tashakkur izhor qilgan bo`lardim. Zero muxlis to`la stadionda o`ynash hamisha yoqimli. Fikrimcha, bugun biz yomon o`ynaganimiz yo`q. Shunchaki raqib darvozasini ishg`ol etishni uddalay olmadik. Qolaversa, ob-havo va maydon biroz tezroq o`ynash imkonini bermadi. Lekin umuman olganda yomon o`yin bo`lmadi va bugungi raqibimizga kelasi o`yinlarda omad tilayman, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb