“Bunyodkor” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar jamoasi ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Uchrashuv biz uchun biroz qiyin o`tdi. Bahs shunday ko`rinish olishini oldidan taxmin qilgan edim. Zero yosh futbolchilardan iborat jamoa bir ma`romda o`ynashi oson emas. Shunday bo`lsa-da bugun eng muhimi g`alaba qozona oldik. Bugun omad bizga kulib boqqanini ta`kidlay olaman. Jamoa o`z o`yinini topib oldimi yoki yo`qmi, buni keyingi turda bilib olamiz, - dedi mutaxassis.