“Bunyodkor” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar jamoasi yordamchi murabbiyi Jamshid Saidov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Mag`lubiyatdan so`ng nima deyishga ham hayronman. Safarda ketma-ket o`yin o`tkazish oson emas. Endi bor diqqat-e`tiborni navbatdagi o`yinga qaratamiz. Keyingi uchrashuvni o`z uyimizda o`tkazamiz. O`sha bahsda nasib qilsa hammani g`alaba bilan xushnud etamiz. Bugungi o`yin uchun esa yigitlarga rahmat aytaman. Ular qo`ldan kelgancha harakat qilishdi. Faqat yaratilgan qulay imkoniyatlarni golga aylantira olmadik. Raqib esa bitta xatoimizda unumli foydalana oldi, - dedi mutaxassis.