“Dinamo” – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun bahs olib borgan ikki jamoaning mini derbisi azaldan shiddatli tarzda o`tib kelgan. Bugungi o`yin ham muxlislarga yoqadigan tarzda kechdi, desam bo`ladi. Maydonda haqiqiy jangovar to`qnashuv kechdi. Omad bugun bizga kulib boqdi. Bundan juda ham mamnunmiz. Har bir bahsda bejizga Superliga ishtirokchisiga aylanmaganimizni isbotlashga urinyapmiz. Yigitlarda ishtiyoq juda yuqori va mana shu ishtiyoqni mavsum so`nggiga qadar yo`qotmaslikka harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.