“Dinamo” – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Sergey Lushchan quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun faqat raqib jamoa haqiqiy o`yin namoyish etdi. Mana 3 ta uchrashuvdirki, hali jamoamizda haqiqiy o`yinni ko`rayotganim yo`q. Nima bo`lganda ham hayot davom etadi. Men iste`fo berishimni ma`lum qilaman. Ayni damda jamoamizga yangi qon zarur. Jamoa yomon emas, unda yaxshi futbolchilar jamlangan. Lekin nimadir hech o`xshamayapti. Yigitlarga barchasi uchun minnatdorchilik bildirdim va rasman iste`fo berdim, - dedi mutaxassis.