“Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- “Navbahor” jamoasi bugun himoyada juda yaxshi o`yin ko`rsatdi. Raqib bizga umuman hujumda xavfli vaziyat yaratishga imkon bermadi. Birinchi bo`limda jamoamiz men kutgan o`yinni namoyish eta olmadi. Buni hali albatta batafsil tahlil qilib ko`ramiz. Ikkinchi bo`limda esa tashabbusga egalik qilgan bo`lsak ham golli vaziyat yaratishni uddalay olmadik. Bugun g`alabaga loyiq o`yin namoyish eta olmadik. O`yinning 1:0 hisobida raqib foydasiga hal bo`lganining asosiy sababi – “Navbahor”ning yaxshi himoyalana olgani, deb o`ylayman, - dedi mutaxassis.