Andrey Kanchelskis: Haqli tarzda g`alabaga erishdik

“Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o`tdi:

- Yaxshi o`yin bo`ldi. “Nasaf” jamoasi iste`dodli yoshlardan tashkil topgan yaxshi jamoa. Jamoa yaxshi o`yin namoyish etadi, haqiqiy futbol ko`rsatishga urinadi. Bugun esa bizning jamoada ko`proq qulay imkoniyatlar bo`ldi. Shu boisdan haqli tarzda g`alabaga erishdik, deb o`ylayman.

Shuni alohida qayd etmoqchimanki, bunday ajoyib stadionda, bunday yaxshi holatdagi maydon va atmosferada to`p surish ajoyib, buning uchun “Nasaf” vakillariga minnatdorchilik bildiraman. 

O`yin biroz asabiy tarzda kechdi. Ko`plab qulay vaziyatlar yuzaga keldi va biz raqib darvozasini ishg`ol eta oldik. Buning uchun jamoamgam minnatdorchilik izhor qilaman, bugun yigitlarning o`yinidan qoniqdim, desam bo`ladi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb