“Metallurg” – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun hisob yirik ko`rinish olgan bo`lsa-da raqib jamoa haqida faqat iliq fikrlar bildirish mumkin. O`zimizning jamoa haqida gapirganda esa bugun ikkinchi bo`limni ancha tartibli holda o`tkazganimizni ta`kidlay olaman. Jamoam ikkinchi bo`limda xotirjamlikka berilmasdan ancha tartibli tarzda harakat qildi. Tanaffusda bergan ko`rsatmalarimni aniq bajarishdi. O`tgan o`yindan to`g`ri xulosa chiqarib ishladik va yakunda bugun chiroyli g`alabaga erishdik. Bu bilan butun jamoamni tabriklayman va olg`a intilishda davom etishimizni ayta olaman, - dedi mutaxassis.