Hamidjon Aktamov: Hisob yakunda bunday yirik ko`rinish olishini kutmagandik

“Metallurg” – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- O`yinni yaxshi boshlagan edik. Hisob yakunda bunday yirik ko`rinish olishini kutmagandik, rosti. Lekin bu futbol. Raqib jamoa bugun xarakter namoyish eta oldi. Bizga esa shu jihat bugun etishmadi. Bugun ikki jamoa ham chiroyli o`yin ko`rsatdi. Lekin ikkinchi goldan so`ng o`z o`yinimizni yo`qotib qo`ydik. Endi keyingi uchrashuvlarga jiddiyroq hozirlik olib borishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb