
Bilasiz, o`tgan mavsum yakunlariga ko`ra “Bunyodkor-W” jamoasi yakunda 75 ochko jamg`arib, o`z tarixida ilk marta O`zbekiston chempioniga aylangan edi. “Sevinch” jamoasi futbolchi qizlari esa mamlakat Kubogiga ega chiqishgandi.
Bugun ushbu ikki klub mamlakat Superkubogi uchun bahs olib borishadi. Mazkur bahsda ishlaydiygan rasmiylar ro`yxati:
O`zbekiston Superkubogi-2019
“SEVINCh” - “BUNYoDKOR”
Jar stadioni. 16:00 / 12 aprel.
Hakamlar: Edita Mirobidova, Xusnora Rahmatova, Kristina Sereda, Hasan Nabiev.
Nazoratchi: Arslon Xotamov.
Komissar: Alisher Fayziev.