Jasur Hasanov jonli efirdagi hunuk hatti-harakati sabab bir oylik ish haqining teng yarmidan ayrildi

AGMK yarim himoyachisi Jasur Hasanovning Superliga 3-turidan joy olgan “Qo`qon-1912” klubiga qarshi o`yindagi hunuk harakati jonli efirda aks etdi va bir qator muhomkalarga sabab bo`ldi.

O`zPFL AGMK — “Qo`qon-1912” o`yinining 84-daqiqasidagi mazkur holat yuzasidan AGMK klubini jiddiy ogohlantirdi. Boisi, har bir klub reglamentga ko`ra o`z ishchi-xodimlari, murabbiylari va futbolchilari uchun javobgardir. Hasanovning hatti-harakati o`yin vaqtida bo`lganida yoki bevosita muxlislar, futbolchilar, hakamlarga nisbatan ko`rsatilganida, mazkur ish Tartib-intizom yoki Etika qo`mitasiga oshirilishi mumkin edi.  

Shuningdek, O`zPFL xatidan so`ng AGMK futbol klubida ham ichki yig`ilish o`tkazilgan va unda Jasur Hasanov masalasi ko`tarilgan. Klub rahbariyati bu borada futbolchi bilan tushuntirish ishlarini olib borgan. Hasanovning o`zi esa o`sha kungi holat uchun barchadan uzr so`ragan. Vaziyatdan kelib chiqib, AGMK futbol klubi Hasanovning bir oylik ish haqidan yarmisini ushlab qoladigan bo`ldi. Mazkur pulga bolalar uchun to`plar xarid qilinib, ular futbol maktablariga, Olmaliq tumanidagi mahallalarga beriladigan bo`ldi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb