Mart oyining eng yaxshi murabbiyi – Shota Arveladze

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an`anani davom ettiramiz. Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz  nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca  Cola  Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz   nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

Ortda qolgan mart oyida Coca Cola Superliga-2019 start oldi. Superliga doirasida jamoalar 2 ta tur o`yinlarini o`tkazishdi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi. Bunda ushbu jamoalar ustozlarining ham o`rni beqiyos ekanini qayd etish joiz.  

Ortda qolgan mart oyining eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun o`tkazilgan so`rovnomada g`oliblik uchun kurash juda qizg`in kechdi. Superliga klublari murabbiylari va sardorlarining aksariyati “Paxtakor” ustozi Shota Arveladzeni birinchi o`ringa qo`ygan bo`lsa, muxlislar “Nasaf” bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdievni birinchi pog`onaga munosib deb ko`rsatishdi. Yakunda ochkolar sarhisob qilinganida Shota Arveladze Ro`ziqul Berdievni 63:62 hisobida 1 ochkoga ortda qoldirib, oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo`ldi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb