“Qizlar nima deydi?” – 11 aprel kuni ayollar futboli bo`yicha O`zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi oldidan o`zgacha tadbir o`tkaziladi

12 aprel kuni poytaxtimizdagi “Jar” stadionida ayollar futboli bo`yicha O`zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Unda mamlakat chempioni “Bunyodkor-W” hamda O`zbekiston Kubogi sohibalari “Sevinch” jamoasi futbolchi qizlari o`zaro g`oliblik uchun bahs olib borishadi.

Ertaga, 11 aprel kuni mazkur uchrashuv oldidan o`yinoldi tadbir bo`lib o`tadi. Superkubok uchrashuvini o`zgacha tarzda tashkil etishga harakat qilayotgan Professional futbol ligasi mazkur o`yin oldidan poytaxtimizdagi “Eski shahar” savdo markazida o`yinoldi matbuot anjumanini o`tkazadi. Ushbu o`yinoldi tadbirida har ikki jamoa ustozlari va futbolchi qizlari ishtirok etadi. Superkubok oldidan tashkil qilinayotgan ushbu tadbirda barcha turdagi OAV vakillari hamda futbol ishqibozlari birdek ishtirok etish imkoniga ega bo`lishadi. O`zgacha ruhda o`tishi rejalashtirilayotgan mazkur tadbirda sizni bir qator syurprizlar ham kutmoqda!

Ayollar futboli bo`yicha bo`yicha O`zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi oldi tadbiri 11 aprel kuni soat 19:00da “Eski shahar” savdo markazida boshlanadi. Unga barcha OAV xodimlari va muxlislarni taklif etamiz. 

Ta`kidlab o`tamiz, Turkiyaning KOC  Elektrik  kompaniyasi bosh homiyligida o`tadigan Superkubok bahsi esa 12 aprel kuni soat 16:00da “Jar” stadionida boshlanadi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb