Mart oyining eng chiroyli goli muallifi – Dragan Cheran

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an`anani davom ettiramiz. Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz  nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel  savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca  Cola  Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz  nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

Ortda qolgan mart oyida Coca  Cola   Superliga-2019 start oldi. Superliga doirasida jamoalar 2 ta tur o`yinlarini o`tkazishdi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator kiritilgan chiroyli gollar muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi.

Mart oyining eng chiroyli golini aniqlash maqsadida tashkil etilgan so`rovnomada “Paxtakor” jamoasi to`purari Dragan Cheranning “Lokomotiv” jamoasi darvozasiga kiritgan ikkinchi goli eng ko`p ovoz yig`di. Mazkur gol ikkinchi pog`onadan joy olgan Islom Kenjaboevning “So`g`diyona”ga urgan golidan 4 ochkogagina ilgarilab ketdi. 

 

 

 

 

 

 

Qaysi murabbiy va futbolchi kimga ovoz bergani PFL saytida barcha g`oliblar ma`lum bo`lgach e`lon qilinadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb