PFL No``mon Hasanovni bir uchrashuvga chetlatdi va jarimaga tortdi

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Superliga 3-tur bahsi – AGMK hamda “Qo`qon-1912” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvdagi xatti-harakatlari uchun No``mon Hasanovga nisbatan intizom jazosi qo`lladi va uni jarimaga tortdi.

Uchrashuv davomida qo`qonliklar ustozi hakam qarorlariga keskin e`tiroz va norozilik bildirgan. Jumladan, uchrashuvning 74-daqiqasida “Qo`qon-1912” darvozasiga belgilangan penaltidan keyin, texnik zonani tark etgan va uchrashuv bosh hakamiga keskin ravishda e`tiroz bildirgan. Ushbu vaziyat uchrashuv nazoratchisi va komissari raportida, shuningdek, uchrashuv videoyozuvida aks etgan.

Professional Futbol Ligasi vaziyatni o`rganib chiqdi va musobaqalar reglamentining 5.57 bandiga asosan murabbiyga nisbatan intizomiy chora qo`lladi. Unga ko`ra bosh murabbiy Tartib-intizom kodeksi 5.6 hamda 5.18 moddalariga asosan 1ta uchrashuvga chetlatildi hamda 10 mln so`m jarimaga tortildi.

Bunday vaziyat yana takrorlansa, PFL klub va murabbiyga nisbatan qattiqroq chora ko`rishi mumkinligi haqida ikkala tomonni qattiq ogohlantirdi.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb