“Lokomotiv” — AGMK / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

Bilasiz, ushbu hafta so`nggida Coca  Cola  Superligada 4-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

Coca  Cola  Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

4-tur doirasidagi so`nggi bahsda “Lokomotiv” o`z maydonida AGMKni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvda “temiryo`lchilar” qizil-qizil-qizil libosda maydonga chiqishadi. AGMK futbolchilari esa sariq futbolka, qora shorti hamda qora rangdagi getrilarda harakat qilishadi. 

Ta`kidlash joiz, “Lokomotiv” — AGMK bahsi 14 aprel, yakshanba kuni soat 18:20da bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb