“Qo`qon-1912” — “Buxoro” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

Bilasiz, ushbu hafta so`nggida Coca  Cola  Superligada 4-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

Coca  Cola  Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

4-tur doirasida “Qo`qon-1912” “Buxoro” bilan bahs olib boradi. Uchrashuvda qo`qonliklar to`liq oq libosda harakat qilishsa, buxorolik futbolchilar to`liq ko`k rangli sport formalarida maydonga chiqishadi. 

Ta`kidlash joiz, “Qo`qon-1912” — “Buxoro” uchrashuvi 14 aprel, yakshanba kuni soat 17:00da bo`lib o`tadi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb