“Surxon” — “Paxtakor” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

Bilasiz, ushbu hafta so`nggida Coca  Cola   Superligada 4-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

 Coca  Cola  Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

4-tur doirasida “Surxon” o`z uyida “Paxtakor”ni qabul qiladi. Mazkur bahsda mezbonlar to`liq oq rangdagi sport formasida harakat qilishadi. Mehmonlar esa ko`k-sariq futbolka, ko`k shorti va ko`k getrilarda maydonga chiqishadi. 

Ta`kidlash joiz, “Surxon” — “Paxtakor” uchrashuvi 14 aprel, yakshanba kuni soat 16:15da bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb