Bilasiz, ushbu hafta so`nggida Coca Cola Superligada 4-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Coca Cola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.
4-tur doirasida “Bunyodkor” “Andijon” bilan bahs yuritadi. Mazkur uchrashuvda “qaldirg`ochlar” an`anaviy ko`k rangli libosda maydonga chiqishadi. “Burgutlar” esa to`liq oq rangdagi sport formasida harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Bunyodkor” — “Andijon” uchrashuvi 13 aprel, shanba kuni soat 18:20da bo`lib o`tadi.