“Metallurg” – “Qizilqum” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

Bilasiz, ushbu hafta so`nggida Coca  ColaSuperligada 4-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. 

Coca Cola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

Kelayotgan 4-tur uchrashuvlari doirasida “Metallurg” o`z maydonida “Qizilqum”ga qarshi bahs yuritadi. Mazkur uchrashuvda bekobodliklar oq-oq-oq rangdagi libosda maydonga chiqishadi. Navoiyliklar esa to`liq qizil rangli formada maydonda harakat qilishadi. 

Ta`kidlab o`tamiz, “Metallurg” – “Qizilqum” o`yini 12 aprel, juma kuni soat 18:15da bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb