“Nasaf” — “Navbahor” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

Bilasiz, ushbu hafta so`nggida Coca  Cola Superligada 4-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.  

Coca  Cola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

4-tur doirasida Qarshida “Nasaf” — “Navbahor” qarama-qarshiligi kuzatiladi. Mazkur bahsda “ajdarlar” an`anaviy ko`k-ko`k-ko`k liboslarda maydonga chiqishadi. “Lochinlar” esa to`liq qizil libosda harakat qilishadi. 

Ta`kidlash joiz, “Nasaf” — “Navbahor” uchrashuvi 12 aprel, juma kuni soat 19:15da bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb