“So`g`diyona” – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Qayd etilgan natija hamda jamoamiz ko`rsatgan o`yindan ko`nglim to`ldi. Yigitlar o`yin oldidan bergan ko`rsatmalarni deyarli to`la ado etishdi. Asosan qarshi hujumlarga tayangan holda o`yin olib bordik. Jizzax jamoasining asosan uzun va qisqa paslar orqali o`ynashini bilar edik. Bugun biz raqibga o`z darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirish imkonini berganimiz yo`q, - dedi mutaxassis.