“So`g`diyona” – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Sergey Lushchan quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Birinchi galda raqibni qo`lga kiritilgan g`alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, jizzaxlik futbol ishqibozlaridan bunday o`yin uchun uzr so`rayman. Mag`lubiyatdagi bor aybni o`z zimmamga olaman. Yigitlarda ayb yo`q. Men to`g`ri taktika va tarkib tanlay olmadim. Yana bir bor hammadan uzr so`rayman va rahbariyatning har qanday qarorini qabul qilishga tayyorman, - dedi murabbiy.