Baxtiyor Ashurmatov: Muxlislarimiz ishonchini oqlay olmadik

“Buxoro” – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- O`z maydonimizdagi dastlabki o`yinda jamoamiz muxlislari uchun g`alaba qozonish maqsadida harakat qildik. Afsuski, muxlislarimiz ishonchini oqlay olmadik. Ikkinchi bo`limdagi nursiz o`yinimiz uchun ishqibozlardan uzr so`rayman. Birinchi bo`limda yigitlar yomon harakat kilishmadi, jamoamiz tarkibidagi futbolchilarning jismoniy holati bir xil emas. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida tarkib bilan muammolarimiz bor edi. Murabbiy sifatida shuni aytamanki, biz o`z maqsadimiz sari olg`a boraveramiz, yo`qotilgan muhim ochkolarimizni kelgusi turlarda qo`lga kiritishga harakat qilamiz, - dedi murabbiy.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb