“Buxoro” – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun muxlislarga yoqadigan o`yin guvohiga aylandik. Ikkala jamoa ham yaxshi o`yin ko`rsatdi. Bugun “Buxoro” ham, bizning klub ham g`alaba qozonishi mumkin edi. Lekin yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda omad kelmadi. Bugun biz yutishni istagandik, shu sababdan 2 ochkodan mahrum bo`ldik. Bugun bizni qo`llab-quvvatlash uchun uzoq yo`l bosib kelgan barcha ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, buxorolik muxlislarga ham tasanno. Yomg`ir yoqqan bo`lsa-da, o`yin atmosferasini ajoyib tarzda saqlab turishdi. “Buxoro”ga kelasi bahslarda omad tilayman, - dedi murabbiy.