Mirjalol Qosimov: Mehmonlar ustozini tushunib turibman, futbolda bunday yirik hisoblar bo`lib turadi

AGMK – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:  

- G`alaba qozonganimizdan juda ham xursandmiz. Bugun o`yinni ilk daqiqalardanoq yaxshi boshladik va o`yin oxirigacha shunday harakat qildik. Lekin hali ishlashimiz lozim bo`lgan jihatlar bor. Zero har doim ham raqib bizga bunday erkin o`ynash imkonini beravermaydi. Qolaversa, bugun raqib safida futbolchi maydondan chetlatilgani ham bizga biroz engillik berdi. Mehmonlar ustozini ham tushunib turibman, futbolda bunday yirik hisoblar bo`lib turadi. Shu o`rinda, bizni qo`llab-quvvatlash uchun stadionga kelgan ishqibozlardan ham minnatdorman. Kelasi bahslarda yanada ko`proq muxlislarni o`yingohimizda kutib qolamiz, - dedi murabbiy. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb