AGMK – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi No``mon Hasanov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- O`yinni ko`rdingiz, yirik hisob qayd etildi. Futbolchilik paytimda ham, murabbiylik faoliyatimda ham hali bunday yirik hisobda mag`lub bo`lmagan edim. AGMKni g`alaba bilan tabriklayman. Ular bugun haqli ravishda g`alaba qozonishdi.
“Andijon” bilan bo`lgan uchrashuvda ham o`yinimiz qovushmagandi. Bugun tarkibda o`zgartirish kiritishga qaror qildim. Asosan yoshlarga imkoniyat berdim. Negadir birinchi turdagi kabi o`ynay olmadik. Buning sababini yigitlardan so`raganim yo`q. Hozir kiyinish xonasida qizil kartochka olgan ikki nafar yosh futbolchim alamdan yig`lab o`tiribdi.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimdek, faoliyatim davomida bunday xunuk hisobda mag`lubiyatga uchramaganman, - dedi murabbiy.