Mart oyining eng chiroyli goliga ovoz berish jarayoni boshlandi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an`anani davom ettiramiz. Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz  nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca  Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

Ortda qolgan mart oyida Coca Cola   Superliga-2019 start oldi. Superliga doirasida jamoalar 2 ta tur o`yinlarini o`tkazishdi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator kiritilgan chiroyli gollar muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi. 

Quyida mart oyi yakunlariga ko`ra, eng yaxshi bo`lish uchun da`vogarlar ro`yxatini taqdim etamiz. Siz o`z nomzodingizga Tribuna.uz  saytida ovoz berish imkoniyatiga ega bo`lasiz. 

 

Mart oyining eng chiroyli goli muallifi:

Nomzod

Klub

Qaysi o`yinda?

Islom Kenjaboev

“Nasaf”

“Nasaf” – “So`g`diyona”

Elguja Grigalashvili

“Qizilqum”

“Qizilqum” – AGMK / Birinchi goli

Dragan Cheran

“Paxtakor”

“Paxtakor” – “Lokomotiv” / Ikkinchi goli

Oybek Qilichev

“Andijon”

“Qizilqum” – “Andijon”

mib
uzcard
cola
apex
bmb