Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.
2019 yilgi mavsumda ham mazkur an`anani davom ettiramiz. Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.
Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.
Ortda qolgan mart oyida Coca Cola Superliga-2019 start oldi. Superliga doirasida jamoalar 2 ta tur o`yinlarini o`tkazishdi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator futbolchilar chiroyli va ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi, o`z jamoalariga foyda keltirishdi.
Quyida mart oyi yakunlariga ko`ra, eng yaxshi bo`lish uchun da`vogarlar ro`yxatini taqdim etamiz. Siz o`z nomzodingizga Tribuna.uz saytida ovoz berish imkoniyatiga ega bo`lasiz.
Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
|
Dragan Cheran |
“Paxtakor” |
2 ta o`yin, 3 ta gol |
|
Elguja Grigalashvili |
“Qizilqum” |
2 ta o`yin, 2 ta gol, 1 ta golli uzatma |
|
Sherzod Hakimov |
“Surxon” |
2 ta o`yin, 2 ta gol |
|
Dilshod Saitov |
“Nasaf” |
2 ta o`yin, 2 ta gol |